O‘zA O`zbek

14.07.2020 Chop etish versiyasi

Nukusda yosh askarlar uchun koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi

Nukusda yosh askarlar uchun koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi

Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida joriy yil muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yangi askarlarni qurol-aslahalar, jangovar va harbiy texnikalar, harbiy xizmatchilarga belgilangan taʼminot meʼyorlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

7 ta oʻquv joyi va 28 ta oʻquv nuqtasida tajribali ofitser va serjantlardan iborat mashgʻulot rahbarlari askarlarga oʻqotar qurollar, jangovar, harbiy va maxsus texnikalarning vazifasi, qoʻllanilishi hamda ulardan foydalanilganda xavfsizlik qoidalariga amal qilish boʻyicha mashgʻulotlarni olib bordi.

Mashgʻulotda dala sharoitida ovqat tayyorlash uchun ishlatiladigan anjomlar, harbiy xizmatchilarga belgilangan oziq-ovqat va kiyim-kechak taʼminoti meʼyorlari, aloqa, tez tibbiy yordam koʻrsatish texnika va vositalari, muhandislik qurol va aslahalari haqida batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

3 525
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA