O‘zA O`zbek

12.07.2020 Chop etish versiyasi

Norinda mikrologistika markazi loyihasi amalga oshirilmoqda

Norinda mikrologistika markazi loyihasi amalga oshirilmoqda

Namangan viloyati Norin tumanida 2020-2022-yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida mikrologistika markazi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha uchun «Buzulmas» mahalla fuqarolar yigʻini hududidan 0,5 gektar yer ajratilgan boʻlib, 4,5 milliard soʻm mablagʻ hisobiga mikrologistika – transport xizmati, 20 oʻrinli mehmonxona va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun 500 tonna sigʻimdagi muzlatkich barpo etilmoqda.

photo_2020-07-12_14-01-08.jpg

photo_2020-07-12_14-01-09.jpg

Dastlabki bosqichda mikrologistika transport xizmati joriy yilning 28-aprelidan faoliyatini rasman yoʻlga qoʻydi. 20 tonna yuk tashishga moʻljallangan yettita yirik avtotransport vositasida Rossiya va Yevropaning turli shaharlariga yuk tashilmoqda. Navbatdagi bosqichda mehmonxona qurilishi uchun 2 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, ayni paytda obyektni jihozlash-pardozlash ishlari oxirlab qoldi.

Loyihaning uchinchi bosqichida amalga oshirish nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan muzlatkich qurilishida montaj ishlari poyoniga yetkazilmoqda. Loyiha samarasida 20 dan ziyod yangi ish oʻrni yaratilishi barobarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sifatli saqlagan holda toʻgʻridan toʻgʻri MDH mamlakatlari hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish imkoni paydo boʻladi.

photo_2020-07-12_14-01-10.jpg

photo_2020-07-12_14-01-11.jpg

3 064
OʻzA fotomuxbiri Hotam MAMADALIYEV olgan suratlar