O‘zA O`zbek

15.07.2020 Chop etish versiyasi

Norinda maktabgacha taʼlim tashkiloti soni yana bittaga koʻpaydi

Norinda maktabgacha taʼlim tashkiloti soni yana bittaga koʻpaydi

Namangan viloyati Norin tumanida bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich qamrab olishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbirkor Muyassar Xoʻjaqulova “Navoiy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 18,8 sotixdan iborat qarovsiz qolgan yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosidagi 100 oʻringa moʻljallangan “Karusel na mir” maktabgacha taʼlim tashkilotini bunyod etdi. 675 million bank koʻmagi hamda 300 million tadbirkorning oʻz sarmoyasi hisobidan barpo etilgan tashkilotda 15 ta ish oʻrni vujudga keldi. Muassasada mashgʻulotlarning nafaqat oʻzbek tili, balki ingliz va rus tillarida ham olib boriladi.

3 489
Hotam MAMADALIYEV(surat), OʻzA