Navoiyda yangi dam olish maskani
Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Sarmishsoy” dam olish zonasi faoliyat boshladi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida “Sarmishsoy” dam olish zonasi faoliyat boshladi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi Q.Tursunov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.
Dam olish maskani hududning turizm salohiyatini oshirish, sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida “Muhabbat bogʻi” MCHJ tashabbusi bilan barpo etildi. Hududda har biri ikki va toʻrt xonali 40 ga yaqin kottej qurildi. Tuman markazidan 22 kilometr uzoqda joylashgan ushbu maskan bir vaqtning oʻzida 100 nafar sayyohga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.