O‘zA O`zbek

08.02.2020 Chop etish versiyasi

Navoiy asarlaridagi qahramonlar siymosi yosh rassomlar nigohida

Navoiy asarlaridagi qahramonlar siymosi yosh rassomlar nigohida

Navoiy shahridagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabida buyuk mutaffakkir Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligiga bagʻishlab “Navoiy asarlaridagi qahramonlar siymosi aks etgan rasmlar” koʻrgazmasi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmada maktab oʻquvchilarining mumtoz adabiyotimizning yirik namoyondasi Alisher Navoiy asarlari asosida yaratgan ijod namunalari namoyish etildi.

Tadbir doirasida rasmlar tanlovi hamda moʻyqalam ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

13 135
Siroj ASLONOV (surat), OʻzA