O‘zA O`zbek

22.03.2019 Chop etish versiyasi

Namanganda Navroʻz sayli

Namanganda Navroʻz sayli

Bugun Namangan viloyati markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻi bayramona bezatilgan. Bu yerda nishonlanayotgan Navroʻz saylida xorijiy davlatlar, respublikamizning uzoq-yaqin hududlaridan kelgan mehmonlar ham ishtirok etmoqda.

Bayram tantanalarida Oʻzbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sayyora Qoziyeva, shuningdek estrada xonandalari – Sardor Mamadaliyev, Gʻayrat Usmonov hamda mahalliy sanʼatkorlar ijrosidagi dilrabo kuy-qoʻshiqlar, koʻngilochar dasturlar, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari yigʻilganlarning bayramona kayfiyatini yanada koʻtardi.

photo5233701114178808403.jpg

Pazandalar oʻrtasida “Doʻppidek osh”, “Tandir shou” tanlovlari oʻtkazilib, gʻoliblar munosib taqdirlandi. Shuningdek, turli koʻrgazmalar, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi, gullar va kitob yarmarkalari tashkil etildi. Attraksionlar esa kattayu kichikning xizmatida...

Qolaversa, Navroʻz saylida viloyat hokimligi tomonidan oʻn olti nafar bolajonning xatna, ikki juft oilaning nikoh toʻylari oʻtkazib berildi. Toʻybolalarga 1 million soʻmlik bank omonat sertifikatlari hamda yosh kelin-kuyovlarga mebellar toʻplami va kir yuvish mashinalari, nogironligi bor shaxslarga esa aravachalar topshirildi.

Shundan soʻng bayram tantanalari “Yoshlar” bogʻiga koʻchdi. Bayram tadbirlari viloyat boʻylab davom etmoqda.

photo5233701114178808407.jpg

photo5233701114178808409.jpg

photo5235829029955807818.jpg

photo5235829029955807819.jpg

photo5235829029955807820.jpg

photo5235829029955807821.jpg

2 603
Hotam Mamadaliyev, OʻzA