O‘zA O`zbek

07.03.2019 Chop etish versiyasi

Mo‘tabar ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

Mo‘tabar ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida 8 mart – Xalqaroxotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirga jamiyat hayotining turli sohalarida faollik ko‘rsatayotgan, tashabbuskor, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibrat bo‘layotgan xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar taklif etildi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.

Ilk bor taqdim etilayotgan ushbu nishonga Namangan viloyatidan 14 nafar ayol munosib ko‘rildi. Marosimda mazkur mukofot o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Tadbirda, shuningdek, iqtisodiyot, sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi ayollar viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

7-faqat saytga.jpg

8.jpg

14.jpg

2 250
Hotam Mamadaliev (surat), O‘zA