O‘zA O`zbek

08.09.2019 Chop etish versiyasi

Medallar soni yana 2 taga koʻpaydi (fotoreportaj)

Medallar soni yana 2 taga koʻpaydi (fotoreportaj)

Kecha poytaxtimizda oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha “Satellit” xalqaro turnirining yana bir kuni nihoyasiga yetdi.

Musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritish niyatida bahslarga kirishgan 10 nafar shpagachi qizlarimizdan ikki nafari final bahslariga yetib keldi. Yarim final bosqichida kurashni gruziyalik Maya Guchmazova va hamyurtimiz Veronika Rojkova, shuningdek rossiyalik sportchi Marina Kesayeva hamda yana bir oʻzbekistonlik qilichboz qizimiz Malika Hakimova olib borishdi.

Maya Guchmazova bilan bellashuvda dastavval ustunlik Veronika Rojkova tomonda boʻldi. Biroq ushbu natija musobaqa soʻnggigacha yetib bormadi. Tajriba bobida yaqqol ustunlikka ega boʻlgan gruziyalik sportchi hisobni oʻz foydasiga hal qildi: 15-14.

Shpaga-qizlar-bronza (7).jpg

Ikkinchi yarim final bahsida ham hamyurtimizdan omad yuz oʻgirdi: rossiyalik Mariya Kesayeva sportchimiz Malika Hakimovani 15:10 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Gruziyalik shpagachi Maya Guchmazova finalda ham oʻz mahoratini namoyish qilib, raqibi Mariya Kesayevani 15:9 hisobida yengdi.

Shpaga-qizlar-bronza (5).jpg

Shunday qilib, shpaga boʻyicha gʻoliblik Maya Guchmazovaga nasib etdi. Mariya Kesayeva – kumush, vatandoshlarimiz Veronika Rojkova va Malika Hakimova – bronza medallari sohibalari boʻldi.

“Satellit” turnirining rapira yoʻnalishida terma jamoamiz bittadan kumush va bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. Medallar jamgʻarmamizga yana ikkita bronza qoʻshildi.

Shpaga-qizlar-bronza (3).jpg

Shpaga-qizlar-bronza (2).jpg

Shpaga-qizlar-bronza (1).jpg

Bugun erkaklar oʻrtasida shpaga yoʻnalishida bahslar boʻlib oʻtadi.

4 281
Muhammad AMIN olgan suratlar, OʻzA