O‘zA O`zbek

31.07.2019 20:10 Chop etish versiyasi

Maydanak manzaralari

Maydanak manzaralari


Hisor togʻ tizmalarining 2750 metr balandligida joylashgan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududidagi Maydanak baland togʻ observatoriyasi oʻzining astroiqlimi hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi tufayli jahondagi eng yetakchi astronomiya observatoriyalaridan biri hisoblanadi.

U Shimoliy yarim shardagi eng yaxshi observatoriyalardan sanaladi. Bu yerda toʻrtta kometa, 80 dan ortiq asteroidlar, “Samarqand” nomi berilgan yangi kichik sayyora kashf etilgan. U joylashgan hudud nihoyatda sokin boʻlib, koʻpchilikda tovush gallyutsinatsiyasi roʻy beradi. Yulduzlar esa shunchalik yaqin joylashganki, qoʻlingizni uzatsangiz, yetadigandek koʻrinadi. Bu yerda quyoshning chiqishini kuzatish ham kishiga oʻzgacha quvonch baxsh etadi.

9.jpg

14.jpg

15.jpg

16.jpg


Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar, OʻzA
4 822