O‘zA O`zbek

15.07.2019 Chop etish versiyasi

Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan

Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati kurashchilari oʻquv- mashgʻulotlar yigʻinini Boʻstonliq tumanining soʻlim va xushmanzara joylarida olib borishmoqda.

- Taqvim reja boʻyicha 36 kunlik oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini “Koʻk suv” dam olish maskanida oʻtkazayapmiz, - deydi maktab-internatning kurash boʻlimi bosh murabbiyi Murod Doʻsimbetov. – Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati rahbariyati bolalarning koʻngilli hordiq chiqarib, jismonan baquvvat boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan.

Oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida oʻquvchilar maxsus dastur asosida tayyorgarlik olib bormoqda. Kundalik rejimga asosan, bolalar badantarbiya, uzoq masofaga yugurish, suzish, tosh koʻtarish, maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha shugʻullanadi.

Shuningdek, dam olish maskanida Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati, Chirchiq shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari bilan birga turli musobaqalar, uchrashuvlar oʻtkazilayotgani barchaga manzur boʻlmoqda.

3 919
Muhammad AMIN, OʻzA