O‘zA O`zbek

21.05.2019 12:04 Chop etish versiyasi

Kamoliddin Behzod vorislari

Kamoliddin Behzod vorislari

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida yosh ijodkorlarning “Biz – Behzod vorislarimiz” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Namangan ijodkorlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining tasviriy san’at fakulteti talabalari, namanganlik Behzod Jo‘raboev, Baxtiyor Dedashev, Sharofat Abdumutalovalarning xattotlik va miniatyura yo‘nalishida yaratgan tarixiy va zamonaviy uslubdagi san’at asarlari namoyish etilmoqda.

Yosh ijodkorlarning poytaxtda olgan bilimini namanganlik tengdoshlariga ulashish hamda viloyatda milliy miniatyura maktabini yaratish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazma 28 mayga qadar davom etadi.


4.jpg

7.jpg

13.jpg

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA
791