O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Jarqoʻrgʻonda investitsiya loyihalari samara bermoqda

Jarqoʻrgʻonda investitsiya loyihalari samara bermoqda

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Nortex Style” masʼuliyati cheklangan jamiyatida paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Shotlandiyaning “Nortex Corporation” kompaniyasi tomonidan investitsiya mablagʻlari asosida tashkil etilgan korxonada 546 nafar kishi ish bilan taʼminlangan. Yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 800 tonnani tashkil etadi. Korxona tarkibida yigiruv-tayyorlov, yigiruv, chiqindi sexlari, yordamchi xoʻjalik, iqtisodiyot, hisobchilar, kadrlar, dispetcherlik xizmati, taʼmirlash, salomatlik, xoʻjalik ishlari, transport boʻlimlari faoliyat olib bormoqda.

Oxirgi uch yillikda korxonada 240,3 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Xususan, 2019-yilda bu koʻrsatkich 102,2 milliard soʻmni tashkil etib, 5 ming 680 tonna mahsulot ishlab chiqarildi.

2 823
Jonibek QOʻZIMURODOV olgan suratlar, OʻzA