O‘zA O`zbek

06.03.2019 Chop etish versiyasi

Ijtimoiy-siyosiy faol ayollar uchun oʻquv seminari

Ijtimoiy-siyosiy faol ayollar uchun oʻquv seminari

Buxoroda viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “Ijtimoiy-siyosiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash va ularning bilimini yanada oshirish” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Ikki kunlik seminarda hududda faoliyat yuritayotgan maktabgacha, umumtaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, tibbiyot birlashmalari, korxona va tashkilot vakillari qatnashdi. Unda mamlakatimizda ayollarning huquqiy madaniyatini oshirish, faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash borasida oʻrganilishi zarur boʻlgan barcha sohalar qamrab olinib, mavzu boʻyicha professor-oʻqituvchilar, faol rahbarlarning maʼruzalari tinglandi. 

2.JPG

Tegishli mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan oʻquv-trening mashgʻulotlarida ishtirokchilarning adliya, sud-huquq, taʼlim, tibbiyot, soliq, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, menejmentlik, paxtachilik sohalariga oid bilimi yanada mustahkamlandi.

1 887
Tohir Istatov (surat), OʻzA