O‘zA O`zbek

04.10.2019 Chop etish versiyasi

“Humo“ tayyor g‘alabani saqlab qololmadi

“Humo“ tayyor g‘alabani saqlab qololmadi

Poytaxtimizdagi “Humo Arena”da Oliy xokkey ligasining navbatdagi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning “Humo“ jamoasi Tyumenning “Rubin“ klubiga qarshi muzga chiqdi.

Jamoamiz uchun mavsumdagi sakkizinchi o‘yin juda omadli boshlangandi. Pavel Zdunov birinchi daqiqadayoq tezkor gol kiritib, “Humo“ni oldinga olib chiqdi. Ammo, ikkinchi va uchinchi bo‘limda bittadan o‘tkazib yuborilgan gollar mehmonlarning g‘alabasini ta’minladi - 1:2.

“Humo Arena“.

“Humo“ (O‘zbekiston) - “Rubin“ (Rossiya) 1:2

Gollar:

1-bo‘lim: Zdunov 00:18,

2-bo‘lim: Chuguev 09:51,

3-bo‘lim: Sander 13:33.

Xokkeychilarimiz navbatdagi uchrashuvni ertaga – 5 oktabr kuni Toshkentda Xanti-Mansiyskning “Yugra“ jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

563
Muhammad AMIN (surat), O‘zA