O‘zA O`zbek

20.11.2019 Chop etish versiyasi

“Humo” - “Seng Tou”: hokkeychilarimiz ishonchli g‘alabaga erishdi

“Humo” - “Seng Tou”: hokkeychilarimiz ishonchli g‘alabaga erishdi

Poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena” sport majmuida Toshkentning “Humo” klubi Xitoyning “Seng Tou” jamoasiga qarshi muzga tushdi. 

Uch yarim mingdan ziyodroq muxlis ko‘z o‘ngida o‘tgan bahs hokkeychilarimizning ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi: “Humo” – “Seng Tou” 4:2.

“Humo”ning gollariga Ivan Yasenko, Yevgeniy Grigorenko, Pavel Sinyavskiy va Pavel Zdunov mualliflik qilishdi. 59-daqiqada Zdunov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib, uchrashuvga mantiqiy yakun yasadi.

“Humo” (O‘zbekiston) - “Seng Tou” (Xitoy) - 4:2 (1:0, 2:2, 1:0).

Toshkent. “HUMO ARENA”. 3520 tomoshabin.

17:22. 1:0 (“Humo”). Ivan Yasenko, assistent: Nodir Islomov.

25:52. 2:0 (“Humo”). Yevgeniy Grigorenko, assistentlar: Igor Merejko, Mixail Anisin.

27:14. 3:0 (“Humo”). Pavel Sinyavskiy, assistent: Roman Tatalin.

35:20. 3:1 (“Seng Tou”). Ruzal Galeev, assistentlar: Pavel Kurdyukov, Yegor Kojevnikov.

39:16. 3:2 (“Seng Tou”). Aleksandr Shvesov, assistentlar: Nikolay Jilin, Roman Chemerikin.

58:46. 4:2 (“Humo”). Pavel Zdunov, assistent: Artyom Voroshilov.

1 583
Muhammad Amin (surat), O‘zA