O‘zA O`zbek

17.12.2018 Chop etish versiyasi

Hudud obodligi uchun kim masʼul?

Hudud obodligi uchun kim masʼul?
Buxoro viloyati Buxoro tumanining Oʻzbekon mahallasidagi manzara kishi koʻnglini xira qiladi. Hududdan oʻtgan yoʻl oʻnqir-choʻnqir holga kelib qolgan, avtobekatlarda transport kutish uchun sharoit umuman yoʻq. Yoʻl yoqasi qurilish va maishiy chiqindilar bilan qoplangani bois bu yerda qargʻalar qoʻnim topgan. Hududdagi ekin maydoni paxta terimidan soʻng, hanuz shudgorlanmagan.

Aholi punktidagi ushbu ahvolga mutasaddilar nega bu qadar loqayd va beparvo qarashayotganini tushunish qiyin. Yurtimizda aholi turmushini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga ular ham oz boʻlsa-da, hissa qoʻshsa, maqsadga muvofiq emasmi?!

2.jpg

4.jpg

7.jpg

8.jpg

9.jpg

10.jpg

13.jpg


1 717
Tohir Istatov (surat), OʻzA