O‘zA O`zbek

06.03.2019 Chop etish versiyasi

Hamma biladigan, lekin mutasaddilar koʻrmaydigan chuqur

Hamma biladigan, lekin mutasaddilar koʻrmaydigan chuqur

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani hududidagi “Marjonbuloq” kombinati yonidan boshlanib, Chaqabuloq, Gʻoʻbdin, Gumsoy, Kattayuz, Solin, Obolum kabi qishloqlardan oʻtuvchi 15-20 kilometr masofadagi yoʻl koʻpchilikning eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.

Yoʻl darhaqiqat, gʻoyat achinarli ahvolda. Bu oʻnqir-choʻnqir yoʻlga masʼullar va mutasaddilar negadir eʼtibor qaratishmaydi. Jizzax shahrining markaziy chorrahalaridan biridagi chuqurlardan oʻtishda ham nihoyatda ehtiyotkorlik talab etiladi. Xalq tilida “gorod”, “T-abrazka”, deb ataluvchi bu chorraha juda gavjum boʻlib, shahar hokimiyatiga ham mana shu yoʻldan boriladi. Yoʻl chetida bekatda turgan “taksist”lardan chorrahadagi chuqur haqida soʻraganimizda ular “hech kimning koʻzi tushmaydigan bu chuqurning paydo boʻlganiga bir yildan oshdi. Biz-ku chuqurni yaxshi bilamiz, ammo mehmonlarga qiyin. Chuqurga tushib, chiqolmay qolganlar qancha”, deb javob berishdi.

Rostdan ham, hamma biladigan bu “chuqur”larni masʼullar nega koʻrishmas ekan-a!?

photo5474397850315106997.jpg

photo5474596861919734502.jpg

photo5474596861919734504.jpg

photo5474596861919734505.jpg

1 462
Jamshid Yorbekov (surat), OʻzA