O‘zA O`zbek

22.02.2019 16:18 Chop etish versiyasi

Gʻallani tomchilatib sugʻorishda ilk tajriba yoʻlga qoʻyildi

Gʻallani tomchilatib sugʻorishda ilk tajriba yoʻlga qoʻyildi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yuksalish-2018” fermer xoʻjaligida gʻallani tomchilatib sugʻorish borasidagi ilk tajriba qoʻllanila boshlandi.

– 2019-2023 yillarda qishloq xoʻjaligi maydonlarining 5,5 ming gektar yeri paxtachilik klasterlari, fermer xoʻjaliklari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tomchilatib sugʻorish tizimiga oʻtkaziladi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Karmana tuman boʻlimi inspektori Alisher Ibrohimov. – Bu borada alohida dastur ishlab chiqilgan boʻlib, tegishli loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 111 milliard 180 million soʻmlik mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.

3.jpg

“Yuksalish-2018” fermer xoʻjaligining 6 gektar gʻalla maydonida sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan tomchilatib sugʻorish tizimi Turkiya texnologiyasi asosida olib borilmoqda.

2.jpg

– Tomchilatib sugʻorishning afzallik tomonlari koʻp, - deydi xoʻjalik rahbari Ilhom Erqulov. – Zamonaviy texnologiya odatiy sugʻorishga sarflanadigan suvning 60 foizini tejaydi. Tizimdagi har bir purkagich 12,5 metr radiusda suv sepib, dalaning oʻz meʼyorida suv ichishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, ekinni oziqlantirish ham suv orqali amalga oshirilgani bois, dalaga texnika kirmaydi. Bu gʻalla payhon boʻlishining oldini olish hamda yoqilgʻi-moylash materiallarini tejash imkonini beradi.

Siroj Aslonov (surat), OʻzA
1 409