O‘zA O`zbek

19.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: zamonaviy bino, qulay sharoit

FOTOREPORTAJ: zamonaviy bino, qulay sharoit

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 599 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yangi binoda faoliyat boshlaganiga 4 oy bo‘lgan markazda murojaat qiluvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy dizayn asosida jihozlangan kutish zali, xizmat ko‘rsatish xonalari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, kutubxona ular xizmatida.

Bino bo‘ylab joylashtirilgan ekranlarda davlat xizmatlari markazlari tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari bo‘yicha axborot roliklari namoyish etib boriladi. Mazkur elektron tablolarda tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlari reklamasini joylashtirish imkoniyatiga ham ega. 

3 033
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar, O‘zA