O‘zA O`zbek

30.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Xalqaro qoʻshiq festivali ishtirokchilari Samarqandda

FOTOREPORTAJ: Xalqaro qoʻshiq festivali ishtirokchilari Samarqandda

“Anna German” xalqaro qoʻshiq festivali ishtirokchilari Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand temiryoʻl vokzalida viloyat hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi G.Alimova kutib oldi. Nufuzli xalqaro qoʻshiq festivali ishtirokchilari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, aziz qadamjolarda boʻlib, yurtimiz tarixi, boy madaniyati haqida yetarli maʼlumotga ega boʻldi. Samarqandlik usta hunarmandlarning mahsulotlari ham mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

- Samarqandda ilk bor boʻlishim, - deydi festival ishtirokchisi, polshalik Silviya Zyulkovska. – Bu yurtning taʼrifini koʻp eshitgandim. Samarqand eshitganlarimdanda betakror ekan. Tarixiy obidalardagi oʻziga xoslik, hunarmandlarning betakror asarlari bu zaminda madaniyat, sanʼatga boʻlgan yuksak eʼtibordan dalolat. Biz shunday yurtda oʻz chiqishlarimizni namoyish etishdan mamnunmiz. Dasturlarimiz Oʻzbekistondan tashqari, Qozogʻiston va Rossiyada ham tashkil etiladi.

1.jpg

3.jpg

13.jpg

6.jpg

8.jpg

2.jpg

666
Alisher ISROILOV olgan suratlar, OʻzA