FOTOREPORTAJ: Toshkent shahridagi “Navroʻz” bogʻi
Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkentda yana bir yirik inshoot – “Navroʻz” bogʻi foydalanishga topshirildi.
Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkentda yana bir yirik inshoot – “Navroʻz” bogʻi foydalanishga topshirildi.
Toshkentning Abdulla Qodiriy, Labzak, Nurafshon va Sharof Rashidov koʻchalari kesishgan joyda “Navroʻz” bogʻi barpo etildi.
2,5 gektar maydonni egallagan etnografik shaharchada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan koʻchalar hamda qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning oʻziga xos anʼanalari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.
Yon tomonda hayot davomiyligi timsoli – diametri 72 metrli charxpalak qurilgan. Anhor kanali ustidan oʻtuvchi 88 metrli koʻprik dam oluvchilarga oʻziga xos sayr qilish imkoniyatini ulashadi.