O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: togʻlarga tutash bunyodkorlik

FOTOREPORTAJ: togʻlarga tutash bunyodkorlik

Davlatimiz rahbari 2017-yili Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy sharoit yaratish yuzasidan koʻrsatmalar bergan edi.

Loyiha asosida “Chashma” tarixiy majmuasida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Majmua yonida bugunga qadar ellik oʻrinli “Nurota” mehmonxonasi foydalanishga topshirilgan boʻlsa, ayni paytda yana sakson oʻrinli mehmonxonaning qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Ziyoratgoh hududida manzarali buta va daraxtlar ekilib, favvoralar bunyod etildi. Ziyoratchilar hordiq chiqarishi uchun soʻri va oʻrindiqlar oʻrnatildi. Muzey binosi, Hunarmandchilik markazini barpo etish davom etayotir.

Bir soʻz bilan aytganda, tarixiy Nur qalʼasi hamda Oqtov etaklari bugungi kunda keng qurilish maydoniga aylangan. Togʻlarga tutash bunyodkorlik ishlari esa nafaqat hudud aholisi, balki bu yerga keluvchi mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun ham koʻplab qulayliklar yaratmoqda.

3 892
Siroj ASLONOV olgan suratlar, OʻzA