O‘zA O`zbek

19.02.2019 Chop etish versiyasi

FOTORЕPORTAJ. Sopolning sehrli jilosi

FOTORЕPORTAJ. Sopolning sehrli jilosi

Fargʻona viloyati Rishton tumanida tadbirkor Ravshanbek Tojiddinov rahbarlik qilayotgan “R plyos koron” MCHJning yosh kulollari turli badiiy kulolchilik mahsulotlariga ishlayotgan serjilo naqshlar barchani maftun etmoqda. 

Hozirgi kunda bu yerda 20 dan ortiq yoshlar badiiy kulolchilik mahsulotlari yasab, ota-bobolari merosini davom ettirmoqdalar. Ular tayyorlayotgan mahsulotlar Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlarda ijod qilayotgan mashhur keramistlar eʼtiborini tortayotir.

Ravshanbek Tojiddinov rahbarligidagi yosh kulollarga tajribali ustalar Ikromjon Qambarov, Aʼzamjon Muhammadiyev ustozlik qilyapti. Sovgʻabop buyumlarni mahorat bilan tayyorlayotgan yosh kulollardan Habibjon Nizomov, Ilhomjon Qambarov, Rustamjon Yoʻldoshboyev, Nafisa Ahmadaliyeva, Zulfizar Soliyeva, Xumora Sodiqova, Goʻzalxon Sattorova, Marhabo Xolmatova kabilar moʻyqalamidan toʻkilayotgan ijod durdonalari sopollarga joziba baxsh etayotir.

Ayni kunlarda korxonada joriy yil Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

photo5431627973276052026.jpg

photo5431627973276052025.jpg

photo5431853712462162542.jpg

photo5431853712462162543.jpg

photo5431627973276052027.jpg

photo5431627973276052028.jpg

photo5431627973276052029.jpg

photo5431853712462162544.jpg

2 210
Muqimjon Qodirov olgan suratlar, OʻzA