O‘zA O`zbek

19.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Shoirning murakkab ijod yo‘lisahnada

FOTOREPORTAJ: Shoirning murakkab ijod yo‘lisahnada

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi M.Nizanov va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi B.Boymurzaev tomonidan sahnalashtirilgan “Ayoziy” spektakli premerasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu drama O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Ibrohim Yusupov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Adib Ibrohim Yusupov nafaqat Qoraqalpoq, balki barcha turkiy xalqlarning suyukli shoirlaridan biri. Uning dastlabki she’riy to‘plami 1955 yili nashr etilgan. Taniqli ijodkor 20 dan ortiq kitob yozdi. Shoir asarlari o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz va turkman tillariga tarjima qilingan.

Shoirning yoshligi juda qiyin kechgan. Hukmron mafkura sababsiz bo‘htonlar yog‘dirgan. Lekin, u bunday zug‘umlarga hech qachon bo‘yin egmaydi. Aksincha, yanada irodali bo‘lishga, ko‘proq izlanish va xalq qalbidan joy oladigan she’rlar yozishga harakat qiladi. Ana shu voqealar spektaklda o‘z ifodasini topgan.

Ibrohim Yusupov obrazini iqtidorli aktyor Kupjursin Allanazarov talqin etgan bo‘lsa, uning turmush o‘rtog‘i Biybizoda rolini Dilorom Nurillaeva mahorat bilan ijro qilgan.


5.jpg

19.jpg

23.jpg

3 145
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar, O‘zA