O‘zA O`zbek

03.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Sharofiddin Lutfullayev yilning eng nufuzli bellashuvida kumush medalni qoʻlga kiritdi

FOTOREPORTAJ: Sharofiddin Lutfullayev yilning eng nufuzli bellashuvida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ishtirok etgan sportchilarimiz Vatanimizga qaytib keldi.

Bir hafta davom etgan yilning eng nufuzli musobaqasida iqtidorli dzyudochimiz Sharofiddin Lutfullayev kumush medalga sazovor boʻldi. Kutilganidek, yaponiyalik dzyudochilar 4 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni Fransiya (3 ta oltin va 2 ta bronza) va Portugaliya (1 ta oltin va 1 ta kumush) egalladi. Vakillarimiz turnirda 13-oʻrin bilan kifoyalandi.

5 037
Muhammad AMIN olgan suratlar, OʻzA