O‘zA O`zbek

11.03.2020 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

FOTOREPORTAJ: sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Adhamjon Tillavoldiyev Namangan shahridagi 24-bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib, hudud yoshlari bilan uchrashdi.

Maktab va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bilan tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, navqiron avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida soʻz yuritildi.

Muloqot davomida yoshlarning tashabbus, taklif va muammolari oʻrganildi. Yosh avlod vakillariga badiiy adabiyotlar, sport anjomlari tuhfa etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Adhamjon Tillavoldiyev 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Oʻquvchilar bilan samimiy suhbat oʻtkazdi. Yosh sportchilarga boʻlajak musobaqalarda zafar tiladi.

Keyingi manzil 15-umumtaʼlim maktabi boʻldi. 4-sektor rahbari maktabda 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

photo_2020-03-11_17-24-07.jpg

photo_2020-03-11_17-23-55.jpg

photo_2020-03-11_17-23-53.jpg

photo_2020-03-11_17-23-47.jpg

6 267
Hotam MAMADALIYEV olgan suratlar, OʻzA