O‘zA O`zbek

25.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Qo‘g‘irchoqlar – bolalarninghamrohi

FOTOREPORTAJ: Qo‘g‘irchoqlar – bolalarninghamrohi

Qo‘qonlik hunarmand Shohsanam Xudoyberdieva milliy matolar, oddiy va zararsiz buyumlardan qo‘g‘irchoq tayyorlashda uning bola salomatligi va ma’naviy olamiga nechog‘li foyda keltirishiga ahamiyat qaratadi.

Shohsanam yasagan “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘g‘irsoq” singari ertak qahramonlari, milliy qo‘g‘irchoqlar barchaga manzur bo‘lmoqda. Boshqalar kabi temir va tugmadan foydalanmaydi, toza paxta va bo‘z matoga tayanadi. Tabiiy, yumshoq, qo‘lda tikilgan kashta, so‘zana bilan bezak berilgan, qog‘oz va yelimdan yasalgan, milliy ruh berilgan plastmassa o‘yinchoqlari maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablariga shartnoma asosida yetkazib beriladi.

–Qo‘g‘irchoq yasash chog‘ida, avvalo, uning milliyligi va nafisligiga, libos va bo‘yoqlarning sifatiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq, – deydi Sh.Xudoyberdieva. – Farzandlarimiz tajovuzkor, g‘arbona o‘yinchoqlar bilan emas, aksincha, yuzida ibo-hayo, milliylik ufurib turgan, insoniy tuyg‘ular ifodalangan milliy qo‘g‘irchoqlar bilan do‘st bo‘lishini istardim. Shuning uchun qo‘g‘irchoqlar orqali xalqimizga xos tantilik va mehnatsevarlik kabi olijanob qiyofalarni ifoda etishga harakat qilaman. Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida shogirdlarim bilan 7 million so‘mlikdan ortiq milliy qo‘g‘irchoqlarimizni sotdik. Shuningdek, yurtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berish bo‘yicha kelishib olindi.

2 916
Muqimjon QODIROV olgan suratlar. O‘zA