O‘zA O`zbek

16.07.2020 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Pro liganing 3-turiga start berildi

FOTOREPORTAJ: Pro liganing 3-turiga start berildi

Kecha futbol boʻyicha mamlakat milliy chempionatining Pro liga jamoalari oʻrtasida 3-tur bahslari start oldi. Peshqadamlardan biri – “Turon” safarda “Shoʻrtan” bilan kechgan qiziqarli bahsda magʻlub boʻldi. Ikkinchi peshqadam – “Neftchi” esa, Toshkentning “Oqtepa” klubi bilan mehmonda durang oʻynadi.

15-iyul, chorshanba.

OQ-TEPA – NEFTCHI 1:1.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Muzaffar Fayzullayev, Xayrulla Normatov.

Nazoratchi: Andrey Snetkov.

Komissar: Jamshid Imomov.

Gollar: Otabek Zokirov, 15 penalti (0:1), Vladislav Fomin, 81 penalti (1:1).

SHOʻRTAN – TURON 3:2.

Hakamlar: Rustam Choriyev, Shavkat Rahmatov, Akmal Gʻiyosov.

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov.

Komissar: Baxtiyor Shirinov.

Gollar: Bekzod Suvonov, 4 (1:0), Faxriddin Alimov, 48 (2:0), Ismoiljon Oxunjonov, 48 (2:1), Xudoyorxon Sagdullayev, 83 (3:1), Asilbek Qayumov, 90+2 (3:2) .

ISTIQLOL – ZOMIN 3:0.

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Husan Xudoyberdiyev, Husniddin Oʻrolov.

Nazoratchi: Rahmatulla Karatayev.

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Rustam Abduhamidov, 62 (1:0), Fayzullobek Jumanqoʻziyev, 66 (2:0), Javohir Komilov, 86 avtogol, (3:0).

XORAZM – DINAMO uchrashuvi boshqa kunga koʻchirildi.

3 811
Muhammad AMIN (surat), OʻzA