O‘zA O`zbek

28.07.2019 17:53 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining “Forish” poligoni boʻylab tungi sayohat

Fotoreportaj: Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining “Forish” poligoni boʻylab tungi sayohat

Bu yil Oʻzbekiston birinchi marotaba oʻz hududida butun jahon boʻylab ommalashib borayotgan Xalqaro armiya oʻyinlarini oʻtkazishga hozirlik koʻryapti.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining maʼlum qilishicha, Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” togʻ poligoni “ArMI-2019” doirasida oʻtkaziladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi ishtirokchilarini kutib olmoqda.

Xalqaro musobaqani oʻtkazish uchun yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlardan tashqari poligonda Oʻzbekistonning barcha viloyatlari diqqatga sazovor koʻrgazmalari bilan yigʻilgan. 12 ta viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri mamlakatimiz mehmonlariga milliy anʼana va udumlari, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy meroslarimizni namoyish qilmoqda. Shuningdek, mehmonlar bu yerda milliy suvenir buyumlarini xarid qilishi uchun ham imkoniyat mavjud.

Har oqshom Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan musobaqa qatnashchilari uchun mahalliy va harbiy estrada guruhlari ishtirokida konsert dasturlari uyushtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, V Xalqaro armiya oʻyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining ochilish marosimi 4-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

photo_2019-07-28_17-51-52.jpg

photo_2019-07-28_17-51-53.jpg

photo_2019-07-28_17-51-54 (2).jpg

photo_2019-07-28_17-51-54.jpg

photo_2019-07-28_17-51-55.jpg

photo_2019-07-28_17-51-56 (2).jpg

photo_2019-07-28_17-51-56.jpg

photo_2019-07-28_17-51-57.jpg

OʻzA
5 610