O‘zA O`zbek

25.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Mehribonlik uyiga tashrif

FOTOREPORTAJ: Mehribonlik uyiga tashrif

Qoraqalpog‘istonda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan o‘tkazilgan “Ma’naviyat” festivali doirasida tadbir ishtirokchilari va mehmonlar Xo‘jayli tumanidagi 1-mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bu yerda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xususan, muassasadagi boshlang‘ich sinf xonalarini, kutubxona,informatika xonasi,ijod va san’at turlari bilan shug‘ullanadigan to‘garak xonalari, yashash joylari va ovqatlanish o‘rinlari, shuningdek, yopiq suv havzasi va sport maydonchalari ko‘zdan kechirildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan samimiy suhbat g‘oyat qiziqarli kechdi. Badiiy adabiyotga qiziquvchi yoshlarga yangi kitoblar va esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Tadbir so‘ngida Mehribonlik uyining “Tong g‘unchalari” milliy folklor jamoasi va “Qars” musiqiy guruhi ijrosida raqslar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.

1 489
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar. O‘zA