O‘zA O`zbek

18.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Koreyalik shifokorlar orolboʻyida

FOTOREPORTAJ: Koreyalik shifokorlar orolboʻyida

Janubiy Koreyaning “Friends” notijorat tashkiloti va “Konkuk” universitetining 46 nafar stomatolog va xirurg shifokorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tajribali shifokorlar hafta davomida Orolboʻyi bolalarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, jarrohlik operatsiyalari orqali ularga yaqindan yordam berishni rejalashtirgan.

- Guruhimiz bilan har yili Qoraqalpogʻistonga kelamiz. Shahar va tumanlarda boʻlib, tibbiy yordamga muhtoj bolalarga jarrohlik hamda davolash yoʻllari orqali yordam koʻrsatamiz. Bu galgi tashrifimizda ham bemor bolalarda jarrohlik amaliyotlari oʻtkazish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazib tibbiy maslahatlar berish, dori–darmon tarqatish hamda umumtaʼlim maktablarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishni koʻzlaganmiz, - deydi“Friends” notijorat tashkiloti rahbari Kim Myong Djin.

3.jpg

4.jpg

5.jpg

7.jpg

8.jpg

12.jpg

5 825
Maqsad HABIBULLAYEV olgan suratlar, OʻzA