O‘zA O`zbek

10.09.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: keksalari e’zoz topgan yurt

FOTOREPORTAJ: keksalari e’zoz topgan yurt

Keksalarni e’zozlash xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Yoshi ulug‘ insonlarning dasturxon atrofida qilgan duolari oltindanda qimmat. Yaqinda Jarqo‘rg‘on tumanidagi Nuroniylar maskaniga ko‘zim tushdi. Yuzlaridan nur yog‘ilib turgan keksalarimiz shodon, maskan odamlar bilan gavjum edi.

Maskan rahbari, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Sulton aka Asadovning aytishicha, bu yerda bobolarimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. 2017 yilda 475 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan binoda tibbiyot, sog‘lomlashtirish maskani, kutubxona joylashgan. 

Nuroniylar choyxonasi tunu kun ishlaydi. Chehrasi quvonch va shukronalik bilan nurafshon keksalar “Yurtimiz yanada gullab-yashnasin, farzandlar kamolini ko‘raylik”, - deya doim duoda. Buni quyidagi suratlarda ham ko‘rishingiz mumkin.


2.jpg

9.jpg

3.jpg

3 064
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar. O‘zA