O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Fargʻonada yangi federatsiyaga asos solindi

FOTOREPORTAJ: Fargʻonada yangi federatsiyaga asos solindi

Fargʻonada Oʻzbekiston Sharq yakkakurashlari va jang sanʼati markazining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Fargʻona viloyat jismoniy tarbiya va sport, adliya, ichki ishlar boshqarmalari vakillari, jurnalistlar, Andijon va Namangan viloyatidan kelgan sport murabbiylari ishtirok etdi.

Konferensiyada soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Sharq yakkakurashlari va jang sanʼati markazi rahbari oʻrinbosari J.Neʼmatov mamlakatimizda, jumladan, K-1 sport turi tobora ommalashib borayotgani, ushbu yoʻnalishda ham mohir chempionlar safi ortayotganini taʼkidladi. Ayni shu sport turi boʻyicha oʻtkazilgan sakkizinchi Osiyo chempionati va uning natijalari toʻgʻrisida tayyorlangan videolavha yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Sport yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi, barcha Mehribonlik uylarida Sharq yakkakurashlari boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etish va ularning bepul oʻtkazilishini taʼminlash, murabbiylarni jalb etish haqida atroflicha fikr yuritildi.

Konferensiyada tashkiliy masala koʻrildi. Fargʻona viloyatida K-1 sportini keng ommalashtirish va yosh avlodning sportga qiziqishini oshirish maqsadida professional va havaskorlar K-1 federatsiyasiga asos solindi. Federatsiya rahbari sifatida sport sohasida koʻp yillik tajribaga ega Oybek Nurmatov, uning oʻrinbosari lavozimiga Alixon Hasanjonov nomzodi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

1.JPG

3.JPG

4.JPG

6-faqat saytga.JPG

12-faqat saytga.JPG

930
Muqimjon QODIROV olgan suratlar, OʻzA