O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Dehqonobodda yirik suv ombori barpo etilmoqda

FOTOREPORTAJ: Dehqonobodda yirik suv ombori barpo etilmoqda

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani aholisini, tomorqa yer egalarini suv taqchilligi muammosi qiynab kelmoqda. Ayniqsa, Qorashina, Dehqonobod, Aerodrom, Bibiqorasoch, Beshbuloq, Navobod, Gumbuloq kabi qishloq va mahallalarda bu yanada yaqqol seziladi. Shu bois, hududda qor va yomgʻir suvlarini yigʻib, yoz mavsumida aholiga yetkazib berishni taʼminlaydigan yirik suv omboriga ehtiyoj yuqori.

Shunga muvofiq, hududdagi Shakarbuloq qishlogʻi yaqinida Kichik oʻra daryosi oʻzanida 1976-1982-yillarda barpo etilgan, ammo oʻz vaqtida eʼtibor qaratilmagani, tozalash-taʼmirlash ishlari olib borilmagani natijasida yillar oʻtishi bilan turli choʻkindilarga toʻlib qolgan va sigʻim quvvatini deyarli yoʻqotgan suv omborida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari yuqoridagi mahalla va qishloqlarni suv bilan taʼminlash imkonini berishi bilan ahamiyatli.

– Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan, ushbu suv omborining foydalanish hajmini oshirish ishlari 2017-yilgi manzilli dasturga kiritilgan, - deydi tuman hokimi oʻrinbosari S.Samadov. – Shu asosda tender savdolari oʻtkazilib, unda gʻolib deb topilgan “Yakkabogʻ Qoʻrgʻoni“ korxonasi qurilish ishlarini bajarmoqda.

240 gektardan ortiq maydonni egallagan suv ombori hududida uzunligi 850 metr, balandligi 36,2 metr hajmdagi suv toʻgʻoni qurish, taʼmirlash, koʻprik barpo etish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uning quvvatini yanada oshirish borasida ishlar davom ettirilishi koʻzda tutilgan.

Hozirda loyiha tashkiloti tomonidan obyektning yillik suv toʻplash hajmini 30 million kubga yetkazish boʻyicha 69,5 milliard soʻmlik loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan. Bu mazkur suv omborining quvvati oxirgi yillardagi suv toʻplash hajmiga nisbatan kamida 10 barobar oshiriladi, deganidir.

1.jpg

2.jpg

3.jpg

6.jpg

7.jpg

720
Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar, OʻzA