O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Dang‘ara jamoli

FOTOREPORTAJ: Dang‘ara jamoli

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumani mahalla va qishloqlarida ko‘rkam ijtimoiy inshootlar, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, savdo majmualari, zamonaviy turar-joylar qad rostlamoqda.

Tumandagi ichki yo‘llarni yaxshilash, sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash, kommunal soha ob’ektlarini qurish, sozlash va obodonlashtirish, aholini gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda oqova suv tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarini zamonaviy jihozlash asosida ularning quvvatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish ishlari jadal olib borilmoqda. 

Bu esa Dang‘ara iqtisodiyotini rivojlantirish, ezgu orzu-umidlar va ertangi kunga ishonch bilan yashayotgan tuman ahlining turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

169 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan tuman markazida mehmonxona, dehqon bozori, bouling maskani, Yoshlar bog‘i, restoran ishlab turibdi. Shuningdek, G‘oyib Eran buva, Yer masjid, Xo‘ja Abu Turob buva, Kishnog‘ich ota, Xob buva, Xo‘ja Aziz buva, Chomoch buva kabi ziyoratgohlar kapital ta’mirlanmoqda.


photo5361893024537357306.jpg

photo5361893024537357307.jpg

photo5361893024537357308.jpg

photo5361897315209685865.jpg

photo5364293739457129421.jpg

photo5364293739457129422.jpg

2 330
Muqimjon QODIROV olgan suratlar, O‘zA