O‘zA O`zbek

07.03.2020 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Andijonda xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatildi

FOTOREPORTAJ: Andijonda xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatildi

Andijon shahridagi “Toshkent premum” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Viloyatning barcha tuman va shaharlarning ilgʻor vakilalari ishtirokidagi “Sen hamisha muqaddassan, muqaddas ayol!” deb nomlangan bayram tadbirida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning oʻrni, roli va nufuzi tobora ortib borayotganligi, opa-singillarimizni qoʻllab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi alohida taʼkidlandi.

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov barcha xotin-qizlarni bahorning ilk goʻzal ayyomi bilan muborakbod etdi.

Bir guruh opa-singillarimiz Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning samarali mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni hamda viloyat hokimining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan raqs, kuy va qoʻshiqlar barchaga bayramona xush kayfiyat ulashdi.

6 804
Zuhriddin UMURZOQOV olgan suratlar, OʻzA