O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

FOTOREPORTAJ: Andijonda 64 metr balandlikka bayroq o‘rnatildi

FOTOREPORTAJ: Andijonda 64 metr balandlikka bayroq o‘rnatildi

Andijonda balandligi 64 metrlik maxsus ustunning eng cho‘qqisiga mustahkamlangan bayroq ko‘hna Eski shahar hududidagi xiyobonda o‘rnatilgan. 

Ulkan bayroqning uzunligi 14, eni 7,5 metr,og‘irligi 33 kilogramm.

Mamlakat bayrog‘i asrlar davomida yashab kelgan millat ruhini ifoda etuvchi falsafiy timsol hisoblanadi. U o‘zida tarix, madaniy meros, qadim an’analar va bugungi mafkurani mujassam etadi. Davlat bayrog‘i rasman urfga kirganiga 300 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, bizning diyorimizda bu an’ana qadim o‘tmishga borib taqaladi. Manbalarda qayd etilishicha, Sohibqiron Amir Temur 1370 yilda asos solgan Turon saltanatining o‘z ramzi – Temur tug‘i va tamg‘asi joriy qilingan.

Mustaqil O‘zbekistonimiz dunyo hamjamiyatining to‘laqonli a’zosi sifatida e’tirof etilgach, 1991 yilning 18 noyabrida Davlat bayrog‘i qabul qilindi. U xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston timsoli hisoblanadi.

photo5364293739457129453.jpg

photo5364293739457129451.jpg

photo5364293739457129454.jpg

3 042
Zuhriddin UMURZOQOV olgan suratlar, O‘zA