O‘zA O`zbek

13.04.2019 20:32 Chop etish versiyasi

Fargʻonada yangi bunyod etilgan “Yoshlar innovatsion markazi” ish boshladi

Fargʻonada yangi bunyod etilgan “Yoshlar innovatsion markazi” ish boshladi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ijodiy-intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Fargʻona shahrida “Yoshlar innovatsion markazi”ning qurib, foydalanishga topshirilishi ana shu ishlarning uzviy davomidir.

Markazning qurilishi uchun 2,5 milliard soʻmlikdan ortiq mablagʻ sarf etilib, uning foydalanishga topshirilishi bilan 25 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Barcha zamonaviy sharoitlarni oʻzida mujassam etgan markaz yoshlarni tadbirkorlik, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, ularga psixologik xizmat koʻrsatish hamda liderlik qobiliyatini shakllantirish boʻyicha ish olib boradi. Bir kunda markazga 500 nafar yoshlar qatnovining imkoniyati mavjud.

KMM_9493.JPG

– Innovatsion markazda barcha mashgʻulotlar interfaol usullarda olib boriladi, – deydi markaz rahbari Sherzod Kamolov. – Bu yerdan yoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan soha va yoʻnalishlarda barcha maʼlumotlarni olishlari mumkin. Shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar oʻtkazish, ilmiy-texnik yoʻnalishdagi tanlovlar tashkil etish kabilar ishlar ham nazarda tutilgan.

Markaz ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan 2ta maxsus “Bibliobus” – avtobusdagi koʻchma kutubxonaning ham taqdimoti oʻtkazildi.
Markazning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻaniyev soʻzga chiqdi.

KMM_9518.JPG

KMM_9578.JPG

KMM_9634.JPG

KMM_9716.JPG

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), OʻzA
3 234