O‘zA O`zbek

26.10.2019 Chop etish versiyasi

Dovrugʻi dunyoga mashhur – Sumak nashvatisi (fotoreportaj)

Dovrugʻi dunyoga mashhur – Sumak nashvatisi (fotoreportaj)

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Sumak qishlogʻida yetishtiriladigan nashvati oʻzining mazali taʼmi va foydali xususiyatlari bilan dunyoga mashhur.

Nashvati koʻp yillik mevali daraxt boʻlib, yil sayin hosildorligi ortib boradi. Yuz yillik nashvati daraxti 300 kilogrammgacha hosil berishi mumkin. Sumak nashvatisi juda totli boʻlib, turli vitaminlarga boyligi bilan qadimdan shifobaxsh sanalgan.

8.jpg

–Hozir nashvati deyarli barcha xonadonda oʻstirilyapti, - deydi Sumak qishlogʻi tarixi bilimdonlaridan Faxriddin Hisomov. – Sumakning nashvatisi boshqacha. Oʻzga joyda bunday shirin meva bitmaydi. Shu navni samarqandlik va xorazmlik bogʻbonlar ham ekishdi. Lekin mazasi bizdagiday boʻlmadi. Ayniqsa, lalmida yetishtirilgan mevaning mazasi yanada totli boʻladi. Mevani yetishtirishu parvarishdan tortib, terib olib saqlashgacha ota-bobolarimizdan qolgan sirlarga amal qilamiz. Yuz yillik daraxtlar hamon meva berayotganining sababi ham shunda. Ularni saqlashda bobolarimiz qurgan tagxona, yaʼni yertoʻladan foydalanamiz. U yerdagi harorat nashvatilarni yoz fasligacha sifatini oʻzgartirmay saqlashga imkon beradi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov aynan Sumak nashvatisini tatib koʻrib, ushbu misralarni yozgan goʻyo:

Meni derlar

Nashvati,

Sharbatlarning

Sharbati,

Mazalarning

Mazasi,

Lazzatlarning

Lazzati.


14.jpg

12.jpg

9.jpg

782
Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar, OʻzA