O‘zA O`zbek

07.03.2019 Chop etish versiyasi

“Dilnavo” –gran-pri sohibi

“Dilnavo” –gran-pri sohibi

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida madaniyat muassasalari o‘rtasida folklor-etnografik yo‘nalishga oid “Qizilqum oltin merosi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarni azaliy an’ana va urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, asrlar davomida saqlanib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunalarini namoyish qilish maqsadida tashkil etilgan bellashuvda 6 ta badiiy jamoa qatnashdi.

Zafarobod shaharchasining “Shodlik” etnografik ansambli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Nurobod shahrining “Kamalak” va Uchquduq tumanining “Sahro”, uchinchi o‘rin esa “Do‘stlik” agrofirmasiga qarashli “Do‘stlik” va Zarmitan madaniyat uyining “Charmitan” folklor jamoalari qo‘lga kiritdi. Zarafshon shahrining “Dilnavo” jamoasi ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibiga aylanib, Gran-pri sohibi bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2.jpg

3.jpg

5.jpg

18.jpg

1 847
Siroj Aslonov (surat), O‘zA