O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

DANGʻARA ZIYORATGOHLARI

DANGʻARA ZIYORATGOHLARI

Fargʻona viloyatining oʻziga xos ramziy darvozasi boʻlgan Dangʻara tumani betakror tabiati, tarixiy va madaniy ziyoratgohlari bilan mashhur.

Tuman hududida Gʻoyib Eran buva, Yer masjid, Xojai Turob, Xob buva, Kishnogʻich ota, Chomoch buva, Xoʻjai Aziz ziyoratgohlari joylashgan. Mazkur ziyoratgohlar ruhiy poklanish va maʼnaviy yuksalish maskani sifatida qadrlanishi bilan birga, ekoturzimni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun tumandagi bir qancha ziyoratgohlarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, ular obodonlashtirilmoqda. Ezgu tashabbuslar doirasida Doimobod qishlogʻida joylashgan Imom Muhammad Boqir ziyoratgohi milliy uslubda homiylar tomonidan toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Hududi obodonlashtirildi hamda ziyoratchilar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratildi.

Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Xob buva ziyoratgohi ham bugun obodlik kasb etgan. Xob buva (asl ismi Habibullo ota boʻlgan) Hazrat Alining toʻrtinchi avlodi, rivoyatlarda aytilishicha, u kishi avliyo sifatida tanilgan ekan. Xudoyorxon davrida ul zot sharafiga maqbara bunyod etilgan. Homiylar koʻmagi bilan mazkur qadamjo taʼmirlanib, uning kirish eshigi va meʼmoriy yodgorlikka kirish yoʻlaklari asfalt qilindi. Avtoturargoh va ziyoratchilar uchun boshqa qulayliklar yaratildi.

3 010
Muqimjon QODIROV olgan suratlar, OʻzA