O‘zA O`zbek

25.11.2019 Chop etish versiyasi

Chekka hududda zamonaviy sharoit

Chekka hududda zamonaviy sharoit

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani Chinobod qishlog‘idagi18-maktabgacha ta’lim muassasasida Investitsiya dasturi asosida 2 milliard 400 million so‘mlik qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, bolalar uchun barcha zamonaviy sharoit yaratildi.

Yangi va shinam xonalar, musiqa va sport zallari, oshxona, bolalar maydonchalari tarbiyalanuvchilar ixtiyorida. Hozir bu yerda 100 nafar bola ta’lim-tarbiya olmoqda. Har bir xona, mashg‘ulot zali beshta ezgu tashabbus doirasida bolalarning ruhiyatiga mos bezatildi, turli o‘quv-tarbiyaviy jihozlar bilan ta’minlandi.



1 887
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA