O‘zA O`zbek

22.02.2019 16:14 Chop etish versiyasi

Bilimli yoshlar – yurt kelajagi

Bilimli yoshlar – yurt kelajagi

Namangan shahridagi 9-umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ishlari namunali yoʻlga qoʻyilgan.

910 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan maktabda taʼlim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida 2018-2019 oʻquv yili boshida “Qizil-yashil burchak” jarayoni tashkil etilgan. Burchakning yashil qismida iqtidorli, davomat koʻrsatkichi namunali, xonasi ozoda, maktab formasi kiyish boʻyicha tartibli, faol va tashkilotchi sinflar reytingi haftalik monitoring qilib boriladi. Qizil burchakda esa, aksi, yaʼni monitoring koʻrsatkichi past sinflar roʻyxati shakllantiriladi. Chorak yakunida yuqori natija koʻrsatgan sinf diplom hamda televizor, planshet, DVD kabi sovgʻalar bilan ragʻbatlantirib boriladi. Yakka tartibda faol oʻquvchilarga stipendiya ajratiladi. Bu kabi tadbirlarni moliyalashtirish uchun maktabda homiylar koʻmagida parrandachilik hamda quyonchilik xoʻjaligi tashkil etilgan.

17.jpg

4.jpg

8.jpg

11.jpg

16.jpg

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
1 485