O‘zA O`zbek

08.03.2019 Chop etish versiyasi

Azizvamuqaddassan, moʻtabar ayol

Azizvamuqaddassan, moʻtabar ayol
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

Navoiyda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Viloyatning barcha tuman va shaharlaridan faol xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar taklif etilgan bayram tadbirida nafosat sohibalarining davlat va jamiyat hayotidagi faolligi, oilada, farzandlar taʼlim-tarbiyasidagi oʻrni alohida eʼtirof etildi.

3.jpg

Tadbirda mehnat faoliyatida koʻplab yutuqlarga erishgan, oilasi bilan namuna boʻlayotgan ayollarning 12 nafariga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni topshirildi. Shuningdek, jamiyat hayotining turli sohalarida fidoyilik koʻrsatayotgan xotin-qizlar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tantanali marosim bahor va ayolni madh etilgan konsert dasturi bilan davom etdi.

4.jpg

8.jpg

9.jpg

2 711
Siroj Aslonov (surat), OʻzA