O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Azim poytaxt sayohatchilarni chorlaydi

Azim poytaxt sayohatchilarni chorlaydi

Jizzax viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati viloyat tashkiloti hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat kengashi hamkorligida 120 nafar o‘g‘il-qiz uchun Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi.

Prezidentimizning 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Vatan kelajagi – yoshlar qo‘lida” shiori ostida kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ichki ishlar profilaktika hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar poytaxtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, Toshkent ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlagan “Humo arenasi”ga, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi va muzeyiga hamda “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga tashrif taassurotlarga boy bo‘ldi.

– Poytaxtga sayohat xotiramizda bir umr saqlanib qoladi, – deydi Paxtakor tumanidagi 2-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Xolid Sanaqulov. – Mamlakatimizda qad rostlayotgan zamonaviy inshootlar, obod bo‘layotgan qadamjolar, dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarimiz merosi bilan tanishish qalbimizga g‘urur-iftixor bag‘ishladi.

3.JPG

6.JPG

5.JPG

9.JPG

10.JPG

12.JPG

17.JPG

1 458
Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA