O‘zA O`zbek

18.07.2019 19:54 Chop etish versiyasi

Axsidagi muazzam manzil

Axsidagi muazzam manzil

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Axsi qishlogʻi Yakkatom mahalla fuqarolar yigʻini Xoʻja mahallasida joylashgan Eshon Kalon Abdulmoniʼ Shayx Namangoniy Abdulmaʼoniy xoʻja Axsaviy ziyoratgohi yurtimizdagi muazzam manzillardan biri. 

Eshon Kalon Abdulmoniʼ hazratlari, manbalarda keltirilishicha, taxminan 1700-yilda tugʻilgan. Oʻrta asrlarda yashab oʻtgan mashoyixlar toʻgʻrisida ishonchli manba hisoblanmish Maqsad ibn Nosiriddin Buxoriyning “Ravoyix ul-quds” (“Xushboʻy va muqaddas hidlar”) nomli asarida “Xoʻja Abdulmaʼoniy Namangoniy” sarlavhali alohida bob bor. Bu haqda eʼtirof etgan samarqandlik tarixchi Kamolxon Kattayev “Shayxi Namangoniy” yoki hazrati xoʻja Abdulmaʼoniy kim edilar?” nomli maqolasida u zot haqida juda qimmatli maʼlumotlar mavjud. 

Taʼrif etishlaricha, Eshon Kalon Abdulmoniʼ hazratlari hayotlik chogʻida barchani ilmu maʼrifat egallashga chaqirib, el hurmatiga erishgan ekan. Salobati bilan odamlarni yaxshilikka yetaklagan zot Axsida yashay boshlashi bilan yurtda moʻl-choʻllik boʻlib, baloi ofatlar toʻxtagan, deyishadi.
photo5296330297224309727.jpg

photo5296793835864697713.jpg

photo5296330297224309730.jpg

photo5296793835864697714.jpg

photo5296330297224309731.jpg

photo5296330297224309729.jpg

Hotam MAMADALIYEV (surat), OʻzA
2 796