O‘zA O`zbek

26.02.2019 Chop etish versiyasi

Avtomobillarga xizmat koʻrsatish koʻlami kengaymoqda

Avtomobillarga xizmat koʻrsatish koʻlami kengaymoqda

Fargʻona shahridagi “Fargʻona avtomarkaz” MCHJda avtomashinalarni taʼmirlash va jihozlash boʻyicha 10 ga yaqin xizmat turi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, barcha jarayon kompyuterlashgan texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, soʻnggi rusumdagi jihozlar oʻrnatilgan avtomoyka, ekologik-diagnostik post kabi qoʻshimcha xizmat turlaridan mijozlar mamnun.

“Fargʻona avtomarkaz” MCHJ rahbari Erkinjon Ikromovning aytishicha, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxona koʻplab imtiyozlar berilishi natijasida xizmat koʻrsatish koʻlami va turini yildan-yilga koʻpaytirib borayotir. Bu esa, oʻz navbatida, sof foyda ortishida, qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari yaratishda qoʻl kelmoqda.

5.jpg

6.jpg

11.jpg

15.jpg

16.jpg

1 632
Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA