O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Amudaryoliklarga 25 ming 608 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi

Amudaryoliklarga 25 ming 608 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatish yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida markazda fuqarolarga koʻrsatilgan davlat xizmatlarining soni 25 ming 608 tani tashkil qildi. Shuningdek, hozirgi davrga qadar 538 nafar jismoniy va yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Markaz xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish sayyor tartibda ham amalga oshirilmoqda. Haftaning shanba va yakshanba kunlari tumanning olis hududlaridagi ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari, taʼlim maskanlarida sayyor uchrashuvlar, targʻibotlar hamda sayyor roʻyxatdan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning shu davriga qadar sayyor tartibda 1 ming 127 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari soni 31 tani tashkil qildi.

Bugungi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, markazda ijtimoiy masofani saqlagan holda tartibli navbat joriy etilgan. Fuqarolar bu yerda yaratilgan qulay sharoitlar va koʻrsatilayotgan sifatli xizmatdan mamnun.

2 988
Maqsad HABIBULLAYEV(surat), OʻzA