Amerikaning “National geographic” telekanali vakillari Andijonda
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlarining mashhur "National geographic" (Photogrhy life) telekanali vakillari Nasim Mansurov, Vilyam Maxer va Patrik Kelli mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlarining mashhur "National geographic" (Photogrhy life) telekanali vakillari Nasim Mansurov, Vilyam Maxer va Patrik Kelli mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Bir oy mobaynida ular mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari, milliy qadriyatlarimiz, hunarmandchilik namunalari hamda ijtimoiy hayotning boshqa jabhalarini suratga olib, O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi fotoalbom yaratadi.
Xorijiy telekanal ijodkorlarining Andijon viloyatiga tashrifi uch kun davom etdi.
– Aslida Farg‘onaning Marg‘ilonidanman, – deydi ijodiy guruh rahbari Nasim Mansurov. – Istiqlol tufayli 20 yil muqaddam Kolorado shtati universitetiga o‘qishga kirdim. So‘ngra "National geographic" telekanaliga ishga taklif qilishdi. Turfa mamlakatlar, turli xalqlar madaniyati bilan tanishdim. Dilimda esa O‘zbekistonni dunyoga tanitish istagi bor edi. Betakror tabiatimiz, boy tariximiz, mehmondo‘st xalqimiz haqida hikoya qiluvchi fotoasarlar yaratishni niyat qildim. Bu istagim bugun amalga oshayotganidan baxtiyorman.
Prezidentimizning xorijdagi vatandoshlarimizga murojaatidan ilhomlangan Nasimjon va uning hamkasblari o‘zlarining sara ishlarini yurtimiz nashriyotlariga beminnat taqdim etgani ham diqqatga sazovor.
Tashrif davomida mehmonlar viloyat markazidagi "Jome’" majmuasini ko‘zdan kechirdi. Hunarmandlar ustaxonalarini aylandi, suhbatlar qurdi. Milliy qo‘g‘irchoqlar yaratish san’ati, misgarlik, zardo‘zlik, zargarlik, kashtachilik kabi san’at namunalarini tasvirlarga muhrladi.