Afrika tuyaqushlari Oʻzbekistonda koʻpaymoqda
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi “Mega invest status” masʼuliyati cheklangan jamiyati mahalliy sharoitda Afrika tuyaqushlarini parvarishlamoqda.
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi “Mega invest status” masʼuliyati cheklangan jamiyati mahalliy sharoitda Afrika tuyaqushlarini parvarishlamoqda.
Oʻtgan yili ish boshlagan va 8 kishi mehnat qilayotgan jamiyatda tuyaqushlar bosh sonini koʻpaytirish maqsadida zamonaviy inkubatorlar tashkil etilib, tuyaqush joʻjalarini ochirishni yoʻlga qoʻyish ustida ish olib borilayotir.
– Tuyaqush goʻshti dunyo bozorida oʻzining mazasi, xolesterini kamligi, parhezbopligi bilan ajralib turadi, – deydi “Mega invest status” MCHJ rahbari Bahodir Oripov. – Bundan tashqari, uning terisidan qimmatbaho mahsulotlar olinadi, tirnogʻidan esa brilliant va olmos tozalaydigan kukun, patidan par yostiq tayyorlanadi. Shu bois, kelgusida ushbu mahsulotlarni oʻzimizda ishlab chiqarish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalar sotib olamiz.
Tumanda joriy yil ikkinchi choragida “Markana” MCHJ tomonidan ham 10 ming bosh tuyaqush keltirish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha ishga tushirilgach, 400 ish oʻrni yaratiladi.